Loyihalar / Jurnal tizimlari

Labor Economics

To‘liq jurnal PDF’idan alohida maqola, asl sahifalar va uch tildagi ma’lumotlarni saqlagan import.

Jonli saytni ochish
Kim uchun
Labor Economics and Human Capital jurnali
Bizning ishimiz
PDF importini moslashtirish va metadata xatolarini tuzatish
Manzil
laboreconomics.uz

Haqiqiy sayt tasvirlari · 30.09.2026 · Tasvirni bosib kattalashtiring.

01 / VAZIFA

Nimani hal qilish kerak edi?

Mundarijadagi bo‘lingan satrlar, bir necha tildagi annotatsiya va kalit so‘zlar avtomatik ajratishda xatoga olib kelgan.

02 / BAJARILGAN ISH

Loyihadagi hissamiz

Ajratuvchi vosita jurnal maketiga moslashtirildi. Maqola chegaralari, til bloklari va kalit so‘zlarni saqlash tuzatildi; manba PDF sahifalari bilan solishtirish qo‘shildi.

03 / NATIJA

Amalda nima o‘zgardi?

Nazorat importida maqolaning 11 PDF sahifasi manba bilan tasvir darajasida bir xil chiqqan. O‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ma’lumotlar alohida tekshirilgan.

Loyihadagi imkoniyatlar

Foydalanuvchi uchun
aniq qulayliklar.

  • To‘plamdan maqolani ajratish
  • Uch tildagi annotatsiya va kalit so‘zlar
  • Asl PDF ko‘rinishini saqlash
  • Bibliografiya va muallif ma’lumotlari
  • Qayta tahrirda kalit so‘zlarni saqlash

Nashr va havola eksporti asosiy jurnal tizimi imkoniyatlari. Wick hissasi — import algoritmi, formatga mos qoidalar va metadata saqlanishidagi tuzatishlar.

Qo‘llanish doirasi

DOI identifikatori tizimda tayinlanishi uning registratorda ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi; bu loyiha importida DOI deposit yuborilgani da’vo qilinmaydi.

Yana bir nazar.

Barcha loyihalar
Keyingi qadam

Ishingizda nimalarni
yengillashtiramiz?

Loyihani muhokama qilish