Xizmatlar / Jurnal tizimi

OAK talablari asosida jurnal sayti yaratish

Jurnalingizning sayt va nashr jarayonlarini OAK talablari asosida yo‘lga qo‘yamiz. DOI, ORCID, taqriz, ochiq arxiv va Google Scholar indeksatsiyasiga texnik tayyorgarlik — sizga mos dizayn va boshqaruvda.

OAK talablari / Biz bajaradigan ishlar

Jurnalingiz uchun nimalarni tayyorlaymiz?

Jurnal sayti buyurtma qilish ↗

OAK saytida e’lon qilingan 2024-yil 31-yanvardagi 24-son buyruq ilovalariga tayangan ish tarkibi. Google Scholar tayyorgarligi va nashr avtomatikasini ham shu yechimga qo‘shamiz.

DOI va boy metadata

Maqola sahifasi, registratorga metadata yuborish va DOI havolasini tekshirish. Mualliflar, ORCID, annotatsiya, adabiyotlar, litsenziya va moliyalashtirish ma’lumotlari uchun maydonlar.

Texnik talablar: 9, 13-bandlar

Google Scholar indeksatsiyasi

Har maqolaga alohida manzil, ochiq annotatsiya, matnli PDF va bibliografik teglar. Qidiruv robotining kirishi hamda maqolalar topilishiga to‘sqinlik qilayotgan xatolarni tekshiramiz.

Google Scholar texnik qo‘llanmasi

ORCID va muallif ma’lumotlari

ORCID, tashkilot, mas’ul muallif va email uchun aniq maydonlar. Maqola sahifasi, PDF va DOI metadatasidagi ma’lumotlar mos keladigan oqim.

Texnik talablar: 13, 17–19-bandlar

Taqriz va qarorlar tarixi

Muallif, muharrir va taqrizchi rollari; fayllarga mos kirish huquqlari. Taqrizlarni 5 yil saqlash uchun arxiv va zaxiralash tartibi, qaror yoki rad javobini yetkazish jarayoni.

Ilmiy etiket: 1, 4, 8, 20-bandlar

Inglizcha sahifa va metadata

Jurnalning inglizcha sahifasi, o‘zbekcha va inglizcha mundarija, maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlar uchun ikki tilli maydonlar. Tayyor matnlaringiz asosida sozlaymiz.

Texnik talablar: 10–14-bandlar

ISSN, sonlar va mustaqil sayt

Jurnal uchun alohida sayt, matn ko‘rinishidagi ISSN, nashr jadvali va arxiv. Tahririyat, muassis, nashriyot, jurnal yo‘nalishi va aloqalar haqidagi ochiq sahifalar.

Texnik talablar: 1, 5–7, 11, 26-bandlar

Ochiq tahririy siyosat

Taqriz, plagiat, litsenziya, to‘lovlar, manfaatlar to‘qnashuvi, shikoyatlar, tuzatish va maqolani qaytarish siyosatlari uchun sahifalar. Tahririyat tasdiqlagan qoidalarni ish jarayoniga bog‘laymiz.

Ilmiy etiket: 6–18-bandlar

PDF va to‘plam avtomatikasi

Word → tayyor PDF dizayn, maqolalar → to‘plam, to‘plam → alohida maqolalar. DOI, ORCID, sana, sahifalar va mundarija jurnal maketiga mos joylashtiriladi; nashrdan oldin tahririyat tasdiqlaydi.

Texnik talablar: 4, 12–14, 25-bandlar + avtomatika
2024-yilgi rasmiy talablar asosida

Sayt tayyor — ish tartibi ham aniq.

Ish yakunida namuna maqola orqali DOI oqimi, metadata, PDF, taqriz jarayoni va arxivni birga tekshiramiz. Boshqaruv yo‘riqnomasi va kelishilgan zaxiralash rejasi topshiriladi.

Loyihalarimiz ↗

Tahririyat bilan birga

Ilmiy sifat, tahririyat tarkibi, jurnalning ro‘yxatdan o‘tganligi, nashr davriyligi va siyosatlarni tasdiqlash tahririyat zimmasida. Biz texnik tizim, sahifalar, integratsiyalar va avtomatik jarayonlarni tayyorlaymiz.

Biz sayt va nashr jarayonlarining texnik qismini tayyorlaymiz. OAK ro‘yxatiga kiritish qarori komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Yechim jurnalga mos yaratiladi: maxsus dizayn, sodda boshqaruv yoki murakkab qo‘shimcha funksiyalar. Mavjud jurnalni ham yangilash, arxivini ko‘chirish va xatolarini tuzatish mumkin.

Buyurtma berishdan oldin

Ko‘p so‘raladigan savollar

OAKning jurnal uchun yangi talablari qachon chiqqan?

OAK saytida 2024-yil 31-yanvardagi 24-son buyruq ilovalari e’lon qilingan. Unda ilmiy etiket va maqolalar uchun texnik talablar bor. Biz sayt, metadata va nashr jarayonlariga tegishli bandlarni jurnal holatiga qarab tekshiramiz.

OAK talabida jurnal maqolalariga DOI kerakmi?

Texnik talablarning 9-bandida har bir maqola uchun ro‘yxatdan o‘tgan DOI va metadata ko‘rsatilgan. Biz registrator hisobi va prefiks asosida integratsiyani sozlab, deposit javobi va DOI havolasini tekshiramiz. Registrator a’zoligi yoki vakolati va to‘lovlari alohida kelishiladi.

Google Scholar OAK talablarida alohida yozilganmi?

Tekshirilgan 2024-yilgi hujjatda Google Scholar nomi alohida keltirilmagan. Uni jurnal maqolalari topilishi uchun muhim qo‘shimcha xizmat sifatida tayyorlaymiz: alohida sahifalar, ochiq annotatsiya, PDF va bibliografik teglar. Indekslash qarori va muddati Google Scholar’ga tegishli.

Sayt tayyor bo‘lsa, jurnal OAK ro‘yxatiga kiradimi?

Sayt va DOI muhim texnik qismlar. Ro‘yxatga kiritishda jurnalning ilmiy sifati, tahririyat tarkibi va nashr tarixi ham baholanadi. Etiketning 1-bandida 2 yil davomida kamida 8 ta son va taqrizlarni 5 yil saqlash keltirilgan. Qarorni OAK qabul qiladi; biz tekshiriladigan texnik qismini tayyorlaymiz.

Bu talablar hamma jurnalga bir xil qo‘llanadimi?

Texnik talablarning 27-bandida sanab o‘tilgan xalqaro bazalarga kiritilgan nashrlar uchun istisno bor. Masalan, Web of Science, Scopus yoki PubMed ro‘yxatda keltirilgan. Jurnalning haqiqiy indekslanish holati va qo‘llanadigan talablar auditda alohida tekshiriladi.

Jurnal sayt qilish uchun nimalar kerak?

Jurnal nomi, mavjud domen va arxiv, tillar, maqola yuborish tartibi hamda jurnal maketi kerak bo‘ladi. Bularning hammasi tayyor bo‘lmasa, birinchi suhbatda talablarni birga tuzamiz.

Jurnal sayti yaratish narxi qanday hisoblanadi?

Narx dizayn, tillar, arxivni ko‘chirish hajmi, integratsiyalar va avtomatika vazifalariga bog‘liq. Fayllaringiz va talablaringiz ko‘rib chiqilgach, ish tarkibi va muddat bilan yozma taklif beriladi.

Mavjud jurnal saytini ham yangilaysizmi?

Ha. Avval tizim, fayllar va zaxira nusxa tekshiriladi. Dizayn, qidiruv, maqola sahifalari yoki bitta nashr jarayonidan boshlash mumkin; barcha ishni birdan almashtirish shart emas.

Amaliy tajriba

Bu ishga yaqin loyihalar.

Loyihani tushunib boshlang

Amaliy qo‘llanmalar

Keyingi qadam

Ishingizda nimalarni
yengillashtiramiz?

Loyihani muhokama qilish