Wick / buyurtma asosida yaratamiz

Sayt. Platforma.
Mobil ilova.

Siz aytgan dizayn va funksiyalar bilan saytingiz yoki ilovangizni yaratamiz. Biznes sayti, ilmiy jurnal, internet-do‘kon yoki tashkilotingiz uchun maxsus platforma — g‘oyadan ishga tushirishgacha.

Maxsus dizayn · Sizga kerakli funksiyalar · Qulay boshqaruv

10yillik tajriba
15+muvaffaqiyatli loyiha
Biz yaratgan haqiqiy tizimlar
edu.tsue.cc
Malaka ta’lim platformasi — ishchi boshqaruv ekrani
filologiyavapedagogika.uz
Filologiya va pedagogika — haqiqiy interfeys
Ko‘rinishi ham, ishlashi ham puxta.

Ko‘zni quvontiradi.
Ishni yengillashtiradi.

Zamonaviylik, estetika va qulaylik — bir dizaynda. Muhimi ko‘z oldingizda, keraklisi oson topiladi.

Asosiy yo‘nalish / Jurnal tizimi

Talablar aniq. Yechim ham.

Yangi jurnalni ishga tushirish yoki mavjud saytni tartibga keltirish. Talablarni tekshiramiz, kerakli funksiyalarni yaratamiz va sizning nashr jarayoningizga moslaymiz.

OAK talablarini ko‘rish

DOI

Ro‘yxatdan o‘tadigan DOI va to‘liq maqola ma’lumotlari.

Google Scholar

Qidiruv o‘qiydigan maqola sahifalari va PDF.

Taqriz va arxiv

Tahririyat rollari, qarorlar va saqlanadigan taqrizlar.

ORCID · UZ / EN

Muallif ma’lumotlari, inglizcha sahifa va metadata.

01 / Sizga nima kerak?

Nima yaratib beramiz?

Oddiy tanishtiruv saytidan murakkab platformagacha. Kerakli imkoniyatlarni siz bilan kelishib, ish rejasini tuzamiz.

01

Sayt yaratish

Biznesingiz, xizmatlaringiz yoki shaxsiy brendingizni tanishtiradigan zamonaviy sayt. Dizayn va sahifalarni sizning maqsadingizga moslaymiz.

  • Biznes sayti va landing page
  • Telefon uchun qulay dizayn
  • Ariza va Telegram xabarnomasi
02

Jurnal sayti yaratish

OAK talablari asosida jurnal sayti, DOI, ORCID, taqriz va arxiv. Google Scholar indeksatsiyasiga texnik tayyorgarlik ham bir yechimda.

  • Maqola topshirish va taqriz
  • Sonlar, PDF va ochiq arxiv
  • DOI va Google Scholar uchun tayyorgarlik
03

Platforma yaratish

Ta’lim, malaka oshirish yoki tashkilotingizning ichki ishlari uchun maxsus tizim. Jarayon va funksiyalarni sizning ish tartibingizga mos quramiz.

  • Shaxsiy kabinet va foydalanuvchi rollari
  • Darslar, topshiriqlar va hisobotlar
  • Mavjud tizimlar bilan bog‘lash
04

Mobil ilova yaratish

Xizmatingizni telefonda ishlatish uchun ilova. Ekranlar, dizayn va funksiyalarni foydalanuvchingizga moslab, Android va iOS uchun yechimni kelishamiz.

  • Sizga mos ekranlar va dizayn
  • Kabinet, xabarnomalar va integratsiyalar
  • Sinov va do‘konlarga chiqarishga tayyorgarlik
05

Internet-do‘kon yaratish

Mahsulotlaringizni ko‘rsatish, buyurtma olish va savdoni boshqarish uchun sayt. Xaridorning mahsulot tanlashdan buyurtmagacha bo‘lgan yo‘lini soddalashtiramiz.

  • Katalog, qidiruv va savat
  • Buyurtmalarni boshqarish
  • To‘lov va yetkazib berishni ulash
06

Ishlarni avtomatlashtirish

Takroriy ishlar va qo‘lda tayyorlanadigan hujjatlarni yengillashtiramiz. Jurnalda Word’dan tayyor PDF dizayn, to‘plam yig‘ish va maqolalarga ajratish kabi jarayonlar.

  • Word → Tayyor PDF dizayn
  • Maqolalar → To‘plam
  • To‘plam → Alohida maqolalar

Kerakli funksiyalar, integratsiyalar va ish hajmini taklifda aniq yozamiz. Narx va muddat shu kelishilgan vazifaga qarab belgilanadi.

Sizning vazifangizga mos

Dizayn ham, funksiyalar ham sizga mos.

Individual sayt yoki platformani sizning talablaringiz asosida yaratamiz. Jurnal tizimida ham keraksiz bo‘limlarni olib tashlash, boshqaruvni soddalashtirish va qo‘shimcha murakkab funksiyalar ishlab chiqishni buyurtmaga mos bajaramiz.

  • Siz tanlagan dizayn
  • Sizga kerakli funksiyalar
  • Ishingizga mos boshqaruv
02 / Haqiqiy tajriba

Gapdan oldin — loyihalar.

Barcha loyihalarni ko‘rish ↗

Jurnal tizimlari va ta’lim platformalaridan uchta misol. Rasmlar — haqiqiy ishlayotgan interfeyslar. Har bir loyihada nima qilganimizni alohida ko‘rishingiz mumkin.

03 / Birga ishlash tartibi

G‘oyadan ishga tushirishgacha.

  1. 01

    Vazifani tushunamiz

    Kim ishlatadi, nima qilishi kerak, qaysi dizayn yoqadi — sizdan bilib olamiz.

  2. 02

    Reja va dizayn

    Sahifalar, funksiyalar, narx va muddatni kelishamiz. Asosiy ekranlarni ko‘rsatamiz.

  3. 03

    Yaratamiz va tekshiramiz

    Sayt yoki ilovani yaratib, telefon va kompyuterda ishlashini sinaymiz.

  4. 04

    Topshiramiz

    Ishga tushirish, boshqarishni o‘rgatish va keyingi texnik yordamni kelishamiz.

04 / Ko‘p so‘raladigan savollar

Buyurtmadan oldin.

Sayt yaratish narxi va muddati qancha?

Narx sahifalar soni, dizayn, funksiyalar va integratsiyalarga bog‘liq. Qanday sayt yoki ilova kerakligini ayting — ish tarkibi, narx va muddat yozilgan taklif tayyorlaymiz.

OJS sayt yaratish yoki individual jurnal tizimini buyurtma qilish mumkinmi?

Ha. OJS tizimini o‘rnatib, buyurtmaga moslab beramiz; jurnal loyihalarimiz orasida OJS asosida qilinganlari ham bor. Keraksiz bo‘limlarni olib tashlash, boshqaruvni soddalashtirish va qo‘shimcha murakkab funksiyalar ishlab chiqish mumkin. Siz istagan dizayn va funksiyalar bilan to‘liq individual jurnal platformasini ham yaratamiz. Yechimni vazifangizga qarab birga tanlaymiz.

Loyihalarimiz ↗
Mobil ilovani Android va iOS uchun yaratib berasizmi?

Ha, loyiha vazifasiga mos mobil ilova ishlab chiqamiz. Qaysi qurilmalar, ekranlar va funksiyalar kerakligini kelishamiz. App Store va Google Play’ga chiqarish, hisoblar va keyingi qo‘llab-quvvatlash ish tarkibida alohida belgilanadi.

Mavjud sayt yoki platformani yangilash ham mumkinmi?

Ha. Avval mavjud tizimni ko‘rib chiqamiz. Dizaynni yangilash, yangi funksiyalar qo‘shish, ma’lumotlarni ko‘chirish yoki bitta jarayonni avtomatlashtirish bo‘yicha taklif beramiz.

Sayt o‘zbekcha, ruscha va inglizcha bo‘lishi mumkinmi?

Ha. Kerakli tillarni kelishamiz va har bir til uchun alohida, qidiruvga ochiq sahifalar tayyorlaymiz. Matn va tarjimalar kim tomonidan berilishini ham ish boshlanishida belgilaymiz.

Buyurtma berish uchun tayyor texnik topshiriq kerakmi?

Shart emas. Nima yaratmoqchi ekaningizni, kim ishlatishini va sizga yoqqan namunalarni yuboring. Kerakli funksiyalar va ish bosqichlarini birga aniqlaymiz.

Sayt buyurtma qilish

Sizga qanday loyiha kerak?

Sayt, jurnal tizimi, platforma yoki mobil ilova. G‘oyangizni qisqacha yozing — sizga mos yechim va ish rejasini taklif qilamiz.

Telegram’da yozish@misterotabek+998 90 007 88 07
Byudjet yoki muddatni ham ko‘rsatish

Avval vazifani aniqlaymiz. So‘ng hajmga mos taklif tayyorlaymiz.