Loyihalar / Platformalar

Malaka ta’lim platformasi

Malaka oshirishning to‘liq raqamli muhiti: kurs, dars, test, yozma ish va kasbiy portfolio bir tizimda. Tinglovchi o‘qiydi, o‘qituvchi baholaydi, markaz esa jarayon va natijalarni kuzatadi.

Jonli saytni ochish
Kim uchun
TDIU huzuridagi pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazi
Bizning ishimiz
Platformani rivojlantirish, kabinetlar va o‘quv jarayonlarini takomillashtirish
Manzil
edu.tsue.cc

ishchi boshqaruv ekrani · 30.09.2026 · Tasvirni bosib kattalashtiring.

01 / VAZIFA

Nimani hal qilish kerak edi?

Markazdagi materiallar, topshiriqlar va natijalarni har bir rol uchun tartibli boshqarish, tahrirlar va ta’lim tarixini saqlash kerak edi.

02 / BAJARILGAN ISH

Loyihadagi hissamiz

O‘qituvchi materiallari va tinglovchi kartasi, natijalar jurnali, yozma ishlarni baholash hamda administrator monitoringi rivojlantirildi. Avtomatik javob saqlash, parallel tahrirlarni solishtirish, portfolio tuzatish tarixi va arxivdan tiklash oqimlari ishlangan.

03 / NATIJA

Amalda nima o‘zgardi?

Kurslar, kabinetlar, baholash va natijalar bir jarayonga bog‘langan. Portfolio tasvirida markazning monitoring paneli ko‘rsatilgan. Platforma universitetning asosiy saytidan alohida ta’lim mahsuloti.

Loyihadagi imkoniyatlar

Foydalanuvchi uchun
aniq qulayliklar.

  • Administrator, o‘qituvchi va tinglovchi kabinetlari
  • Kurs, mavzu va dars materiallarini boshqarish
  • Test javoblarini saqlash va yozma ishlarni tekshirish
  • Davomat, natijalar jurnali va CSV hisobotlar
  • Portfolio tahrirlari tarixi va arxivdan qayta tiklash
  • Rol va kursga mos fayl hamda ma’lumot ruxsatlari
Qo‘llanish doirasi

Haqiqiy ishchi interfeys ko‘rsatilgan; shaxsiy ma’lumotlar yashirilgan. Kabinet va ma’lumotlarga kirish foydalanuvchi roliga bog‘liq.

Yana bir nazar.

Barcha loyihalar
Keyingi qadam

Ishingizda nimalarni
yengillashtiramiz?

Loyihani muhokama qilish