Murojaatingiz
va maxfiylik.
Yangilangan: 30-sentabr 2026.
Nimani saqlaymiz?
Formaga kiritgan ismingiz, aloqa usulingiz, loyiha haqidagi matn, tanlangan xizmat hamda ixtiyoriy byudjet va muddat Wick’ning serverida saqlanadi. Bu ma’lumotlardan murojaatingizni tushunish, javob berish va taklif tayyorlash uchun foydalanamiz.
Qayerdan kelganingiz haqida
Havoladagi kampaniya belgilari (UTM manba, kanal va kampaniya kodi) murojaatingiz bilan birga saqlanishi mumkin. Qaysi reklama manbasi foydali murojaat keltirayotganini shu orqali baholaymiz. Ism, aloqa ma’lumoti va loyiha tafsilotlarini analytics hodisalariga yubormaymiz.
Hodisalar va cookie
Telegram, telefon va email havolasini bosish, formani boshlash, tashqi loyiha havolasini ochish va muvaffaqiyatli saqlangan murojaat alohida hisoblanadi. Hodisalar Wick serverida saqlanadi. Tashqi reklama piksellari va uchinchi tomon analytics skriptlari hozir ulanmagan.
Sessiya cookie’si forma xavfsizligi, birinchi kampaniya manbasini saqlash va admin kirishi uchun ishlatiladi. Spamga qarshi tekshiruvda IP manzilning qayta ochib bo‘lmaydigan server kalitli xeshi qisqa muddat saqlanadi.
Kim ko‘ra oladi va qancha saqlanadi?
Murojaatlar faqat himoyalangan boshqaruv orqali Wick egasiga ko‘rinadi. Murojaatlar oxirgi yangilanishdan 12 oy o‘tgach, hodisalar 12 oydan, spam tekshiruvi yozuvlari 24 soatdan keyin avtomatik tozalanadi. Zaxira nusxalar 7 kun saqlanadi.
O‘chirish yoki tuzatish
Ma’lumotingizni o‘chirish yoki tuzatish uchun Telegram orqali yoki misterotabek@wick.uz manziliga murojaat qiling. Formaga maxfiy parol, pasport yoki to‘lov kartasi ma’lumotlarini yubormang.
Tashqi havolalar
Portfolio va ijtimoiy tarmoq havolalari boshqa saytlarga olib boradi. Ularning ma’lumot bilan ishlash tartibi o‘zlariga tegishli.