Ilmiy jurnal sayti yaratish: tahririyat uchun boshlash yo‘li
Jurnal saytini yaratish bosh sahifa bilan tugamaydi. Muallif maqola yuborishi, tahririyat uni kuzatishi, o‘quvchi esa son va PDF’ni topishi kerak. Buyurtma berishdan oldin shu uchta yo‘lni aniqlash ish tarkibini tushunarli qiladi.
Yangi jurnal va mavjud sayt uchun talablar
Yangi jurnal uchun nom, tahririyat ma’lumotlari va birinchi nashr namunasi bilan boshlash mumkin. Mavjud sayt uchun arxiv, fayllar va saqlanishi kerak bo‘lgan havolalar ham ko‘rib chiqiladi.
Faqat ko‘rinish emas, kundalik ish yo‘li
Tillar, rollar va maqola holatlari oldindan kelishiladi. Word’dan PDF dizayn, to‘plamni ajratish yoki avtomatik son yig‘ish kerak bo‘lsa, real fayllardan namuna sinovi tayyorlanadi. Natija tahririyatga boshqaruv yo‘riqnomasi bilan topshiriladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Tayyor materiallar bo‘lmasa ham boshlash mumkinmi?
Ha. Birinchi bosqichda yetishmayotgan materiallar ro‘yxati va sayt tuzilishi tayyorlanadi. Ishga tushirishga kerakli kontent va kim taqdim etishi taklifda yoziladi.